Turkiyada sayyohlik mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Turkiya 2021 yilning aprel oyidan sayyohlik mavsumini boshlaydi. Mavsum avval O‘rta Yer dengizi, keyinroq Egey dengizi sohillarida yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda mamlakat Turizm vaziri Mehmet Ersoy ma’lum qilgan. 

"Mavsum O‘rta Yer dengizi sohillaridan boshlanadi va keyin Egeyga tarqaladi", degan vazir. 

Ersoyning ta’kidlashicha, Turkiyaga birinchi bo‘lib yevropaliklar tashrif buyuradi, ruslar aprel oyi oxirida va may oyidagi uzun ta’tillar paytida keladi, shuningdek, inglizlarning ham mamlakatga tashrifi kutilmoqda. 

19 may Ramazon oyi boshlanishi arafasida musulmon sayyohlar kela boshlaydi. 

Vazir avgust oyida turizmning to‘liq tiklanishiga ishonmoqda. 

2020 yil natijalarini sarhisob qilgan Ersoy Turkiya Gretsiya va Ispaniya davlatlari kabi ko‘plab sayyohlarni yo‘qotmaganini ta’kidlagan, chunki xavfsiz sertifikatlash dasturi tufayli Turkiya chet elliklar uchun ochiq bo‘lgan. 

Umuman olganda, mamlakatga 16 million chet ellik mehmonlar tashrif buyurgan, sohadan kelgan daromad 12,1 milliard dollarni tashkil etgan. 

Bundan tashqari, Turkiya chet ellik kinosanoat vakillari uchun byurokratik to‘siqlarni maksimal darajada soddalashtirgan, bu esa ularning qiziqishini orttirib, iqtisodiyotdagi daromadlarni ta’minlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing