Turkiyada saylovlarni kechiktirishga chaqirilmoqda
Olam
−
14 fevral 2023 5581 1 daqiqa
Turkiya parlamentining sobiq spikeri va sobiq bosh vazir o‘rinbosari Bulent Arinch may oyida o‘tishi rejalashtirilgan umumiy saylovlarni keyinroq o‘tkazish kerakligini aytdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning fikricha, halokatli zilzilalar fonida mamlakat saylovoldi stressidan qutilishi kerak.
“Fuqarolar saylov uchun emas, hayot uchun kurashmoqda. Ba’zi siyosatchi va jurnalistlar saylovlar may yoki iyunda bo‘lishiga iddao qilib, bahslashmoqda. Xudodan qo‘rqing, vayronalar ostida hali ham jasadlar bor. Saylovchilar topilmasa, qanday qilib saylov haqida gapirish mumkin”, deydi siyosatchi Bulen Arinch.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
Avvalroq, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada umumiy saylovlar (ham prezidentlik, ham parlament) 14 mayga belgilanganini aytgandi. Agar saylovlar belgilangan sanada o‘tkazilmasa, prezident o‘z vakolatidan foydalanib, 60 kundan so‘ng palamentni tarqatib yuborishi va muddatdan oldin saylanishi mumkin edi. Biroq 6 ta muxolifat partiyasi koalitsiyasi hali nomzodlarni e’lon qilgani yo‘q.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025