Turkiyada samolyot avtomobil yo‘liga qulab tushdi (video)

Olam

image

Bugun, 25 fevralga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy F-16 qiruvchi samolyoti avtomobil yo‘liga qulab tushdi va oqibatda uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, Balikesir shahridagi 9-asosiy reaktiv aviabaza qo‘mondonligidan ko‘tarilgan samolyot tungi soat 00:56 atrofida, Izmir–Istanbul shossesi hududiga qulagan. Samolyot qulagach, voqea joyida kuchli yong‘in kelib chiqqan, parchalar esa yuzlab metrga sochilib ketgan.

Mudofaa vazirligi keyinchalik aniqlik kiritib, samolyot bilan aloqa soat 00:56 da uzilganini va radar kuzatuvidan yo‘qolgani haqida xabar bergan. Uchuvchi bilan ham aloqa uzilgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida samolyot qoldiqlari topilgan. Uchuvchining halok bo‘lgani tasdiqlangan.

Hozirda mazkur hodisa sabablari maxsus aviatsiya halokatlarini tekshiruvchi komissiya tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvlroq Eronning Isfahon viloyatida harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya qiruvchi samolyot Balikesir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing