Turkiyada pirotexnika zavodi portladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 3 iyul kuni Turkiyaning Sakarya viloyatida joylashgan pirotexnika zavodida kuchli portlash yuz berdi. Natijada 4 kishi vafot etdi, 97 kishi jarohatlandi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. 

Portlash yuz bergan vaqtda zavod ichida 150-200 kishi bo‘lgan. 

Portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, uning ovozi qo‘shni viloyatga ham eshitilgan. 

OAVning qayd etishicha, zavod omborida 110 tonnadan ortiq portlovchi moddalar saqlangan. 

Voqea joyiga zudlik bilan Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu, Oila, mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Zahro Zumrad, Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja yetib borgan. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbul markazidagi yangi masjid qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlab, zavod portlashi oqibatida qurbon bo‘lgan ishchilarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya portlash

Baholaganlar

80

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing