Turkiyada “omicron” keskin tarqala boshladi
Olam
−
26 dekabr 2021
9570Turkiyaning aholi zich joylashgan viloyatlarida yangi koronavirus holatlarining 10 foizdan ortig‘i “omicron” shtammi bilan bog‘liq. Bu haqda Respublika Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma’lum qildi.
“Omicron” varianti bizning mamlakatimizda Yevropadan keyin tarqala boshladi. Bu aholi zich joylashgan viloyatlarimizda kuzatilgan yangi holatlarning 10 foizdan ko‘prog‘iga sabab bo‘ladi. Yangi vaziyat kuchaytiruvchi dozani yanada muhimroq qildi. Emlanishdan keyin uch oydan ko‘proq vaqt o‘tganlar vaksina samaradorligini oshirishi kerak”, degan Koja.
Ma’lumot o‘rnida, SARS-CoV-2 ning yangi B.1.1.529 varianti ilk bor noyabr oyi o‘rtalarida Botsvana va Janubiy Afrikada aniqlangan edi.
LiveBarchasi