Turkiyada muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazilishi mumkin

Olam

image

Turkiyada muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 2027 yilning noyabrida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisining yordamchisi, mamlakat parlamentining raqamli media bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Husayn Yayman ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rajap Toyib Erdo‘g‘an yana hukmron alyansdan nomzod bo‘lishi mumkin.

“Xudo xohlasa, 2027 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida prezidentimizni [Erdo‘g‘an] yana bir bor nomzod qilib ko‘rsatamiz va Turkiya osmonida yana Respublikachilar alyansi bayrog‘i hilpiraydi. Boshqa nomzodlarga ehtiyoj yo‘q”, degan Yayman Hatay viloyatida partiyadoshlari bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Yayman Erdo‘g‘anning ittifoqchisi, partiya rahbarlaridan birining “Dunyoda shunday lider bor ekan, prezidentlik uchun boshqa nomzodga ehtiyoj yo‘q” degan so‘zlarini esladi.

24 yillik yetakchi Erdo‘g‘an 71 ga kirdi north_east

24 yillik yetakchi Erdo‘g‘an 71 ga kirdi

U, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi mojaroga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident Erdo‘g‘an Turkiyani boshqargan 23 yildan ortiq faoliyati davomida bunday manzaralarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan.

Ma’lumot uchun, 20 yildan oshiq vaqtdan beri mamlakat siyosatining eng yuqori pog‘onalarida turgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 26 fevral kuni 71 yoshga to‘ldi. U 2014 yildan boshlab Prezident sifatida faoliyat yuritmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya prezidentlik saylovi Rajap Toyib Erdo'g'an Husayn Yayman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing