Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketdi. O‘nlab qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 1 aprel kuni Turkiyaning Bodrum dam olish maskanida ichida noqonuniy muxojirlar bo‘lgan qayiq xavfsizlik kuchlari ta’qibidan qochib, cho‘kib ketdi. Xodisa oqibatida 18 qochqin halok bo‘lgan. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 1 aprel kuni erta tongda rasmiylar tomonidan aniqlangan kemaga to‘xtash to‘g‘risidagi takroriy buyruqlar berilgan, ammo noqonuniy shaxslar Egey dengizining Turkiyaga tegishli bo‘lgan qismini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Xavfsizlik kuchlarining taqibi ortidan yuqori tezlikda harakatlanayotgan rezina qayiq cho‘kib ketgan.

“Xavfsizlik kuchlari tomonidan hududga Izmir tarafdan qutqaruv vertolyoti va uchta qayiq yubordik, natijada 21 nafar muhojir qutqarildi”, deya xabar bermoqda rasmiylar.

Qutqaruv operatsiyalariga qaramay 18 kishi halok bo‘lgan. Rasmiylar noqonuniy muxojirlarning Turkiya hududiga qaysi davlat orqali kirib kelgani va ularning shaxsiga oydinlik kiritmagan. Tahminlarga ko‘ra, qochqinlar Yaqin Sharqdagi mojarolar ortidan Turkiya hududini kesib o‘tish orqali Yevropaga kirishga uringan bo‘lishlari mumkin.

Bayonotga ko‘ra, Turkiya xavfsizlik kuchlari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jibuti qirg‘og‘ida muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketishi oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgani va 45 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya qurbonlar muhojirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing