Turkiyada ko‘p qavatli binoni fuqaro tosh otib, qulatdi (video)

Olam

image

Turkiyaning Malatya shahrida yashovchi fuqaro vayron bo‘lgan binoga bir necha marotaba tosh otib, ko‘p qavatli binoni qulatib yubordi. Bu haqda TGRT haber xabar berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning fevralida Turkiyada sodir bo‘lgan kuchli zilziladan keyin Malatya shahridagi ko‘plab binolar katta zarar ko‘rgan. Shaharning Akkent muyulishida ham xuddi shunday vayrona binolardan biri joylashgan bo‘lib, u yerdan odamlar zilzila paytida evakuatsiya qilingan.

Shaxsi noma’lum fuqaro vayrona binoning oldiga tunda kelib, ko‘p qavatli uyga qarata tosh otishni boshlagan. Biroz vaqt o‘tgach, bino yerga qulab tushgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan edi. So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘y bergan zilzila qurbonlar soni 50 mingdan oshgan. Shuningdek, mamlakatning Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi 763 000 ta binoga zarar yetgani, kamida 41 791 bino jiddiy shikastlangan yoki vayron bo‘lgani haqida ma’lumot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing