Turkiyada kuchli sel

Olam

image

12 dekabrga o‘tar kechasi Antaliyaning Kumluja va Finike tumanlarida kechki soatlarda kuchaygan yomg‘ir selga aylandi. Ayniqsa Kumlujada yomg‘ir tufayli ko‘plab uylar suv ostida qolgan, transport vositalari ham zarar ko‘rgan. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi. 

Kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron oqibatida tuman markazidan o‘tgan Gavur kanali toshib ketdi. Ko‘cha va xiyobonlar ko‘lga aylangan, to‘xtab turgan mashinalar va avtobuslarni sel oqizib ketgan. Daraxtlar ildizi bilan qo‘porilgan. Tumandagi ayrim mahallalarda elektr energiyasi uzilgani ma’lum bo‘ldi.

Antalyada yoğun yağış iki ilçede sele neden oldu, evleri su bastı

Suv 1 metrgacha ko‘tarilishi oqibatida ko‘plab binolar, ish joylari va uylarning birinchi qavati suv ostida qolgan. Mobil telefonlarda “Uylaringizdan chiqmang” deya ogohlantirishlar berildi.

Suv toshqinlari sababli bugun maktablar yopildi. Ta’kidlanishicha, Antaliyada so‘nggi 50 yilda bunday sel kuzatilmagan.

Guruhlar sel suvlari ostida uylarda qolib ketgan fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda.

Antaliyaning Kumluja va Finike tumanlarida katta zarar keltirgan suv toshqini tufayli Antaliya gubernatorligi tomonidan maxsus shtab tuzildi.

Antalyada yoğun yağış iki ilçede sele neden oldu, evleri su bastı


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing