Turkiyada koronavirusni 10 soniyada aniqlaydigan moslama yaratildi

Olam

image

Turkiyaning Bilkent universiteti olimlari yangi turdagi koronavirusni 10 soniyada aniqlashga qodir bo‘lgan moslama yaratdi. Bu haqda oliygohning rasmiy saytida xabar berilgan. 

“Ixtiro COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaradigan virusni og‘iz bo‘shlig‘ining tupuk namunasi asosida, maksimal 10 soniya ichida aniqlashga imkon beradi”, deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, rivojlangan optik diagnostika tizimi virus mavjud bo‘lgan taqdirda yorqinlik rangini o‘zgartiradi va shu bilan yuqori selektivlikka ega viruslarni aniqlaydi. 

Bemordan olingan tupuk namunasi maxsus eritma bilan aralashtiriladi va patogenni aniqlash mikrosxemasiga joylashtiriladi. Shundan so‘ng, fluoressent signal yordamida virus borligi aniqlanadi. Klinikadan oldingi tadqiqotlarga ko‘ra, qurilma koronavirusni aniqlashda 99 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing