Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina sinovi muvaffaqiyatli o‘tdi

Olam

image

Turkiyadagi Xajettepe (Anqara) universitetining tibbiyot fakulteti professori Atesh Karaning ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksinaning hayvonlarda o‘tkazilgan sinovi muvaffaqiyatli kechgan.

“Yaxshi yangilik. Mikroignalar yordamida hayvonlarda sinab ko‘rilgan koronavirusga qarshi vaksinaning javobi ijobiy bo‘ldi. Endi ushbu aksina odamlarga ta’sir qiladimi-yo‘qmi, sinab ko‘rish kerak”, deb yozadi u Twitter’dagi o‘z sahifasida. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga 27 069 nafar odam chalindi. 1 042 bemor shifo topgan bo‘lsa, 574 kishi vafot etdi.

Ayni vaqtga kelib, yer yuzida koronavirusga chalingan soni 1,05 millionga yetdi. Infeksiya oqibatida esa 57 ming atrofida bemor vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

948

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing