Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kechada ikki baravar ko‘paydi
Olam
−
28 mart 2020
13684Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni bir kechada ikki baravar ko‘paydi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Ushbu tunda Turkiyada 2069 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Shuningdek, vazirlikning ma’lum qilishicha, ushbu kasallik bilan bog‘liq o‘lim holati ham keskin ortgan.
Shunday qilib, mamlakatda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 5698 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallik sabab vafot etganlar soni esa 92 nafarga yetgan.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 177 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 601 536 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 27 441 nafari vafot etgan, 133 454 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 440 641 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 417 078 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 23 563 nafarining ahvoli og‘ir.
LiveBarchasi