Turkiyada karantin kuchaytirildi. Erdo‘g‘an bu hali hammasi emasligini aytmoqda
Olam
−
15 aprel 2021
4590Turkiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani uchun Ramazon oyining dastlabki ikki haftasida karantin choralari kuchaytirildi. Bu haqda "Hürriyet Daily News" tomonidan xabar berilgan.
Hukumat uzoq masofalarga sayohat qilishni, jamoat transportida odamlarning ayrim toifalariga harakatlanishni taqiqlaydi, shuningdek, quyosh botganidan keyin ommaviy yig‘ilishni oldini olishga harakat qilinadi.
Jurnalistlar bilan suhbatda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Hukumat yana uzoq masofalarga sayohat qilishni taqiqlashini, shuningdek 65 yoshdan oshgan va 18 yoshgacha bo‘lgan odamlar uchun jamoat transportida harakatlanishini cheklashini aytgan.
Shu bilan birga, Turkiya Hukumati davlat idoralarining ish vaqtini o‘zgartiradi, sport va ko‘ngilochar markazlarni yopadi, shuningdek, tundagi komendantlik soatini uzaytiradi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, komendantlik soati ish kunlari soat 19:00 dan (21:00 dan emas) ertalab 5:00 gacha amalda bo‘ladi. Ushbu davrda favqulodda holatlardan tashqari shaharlararo sayohat qilish taqiqlanadi.
Kafe, restoran va choyxonalar uyga yetkazib berish yoki olib ketish xizmati bo‘yicha ishlaydi.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Ramazonda quyosh botganidan keyin olomonning iftorlik qilishiga ham yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagan.
Maktablar yana masofadan ishlashni boshlaydi. Faqatgina kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun darslar bundan istisno qilingan.
“Bunday cheklovlar yordamida Turkiya COVID-19 bilan bog‘liq holatlar va o‘lim sonini sezilarli darajada kamaytirishga harakat qiladi”, degan Turkiya rahbari.
U ushbu qadamlar kerakli natijalarga erishishga yordam bermasa, choralarni kuchaytirishni istisno qilmagan.
"Agar biz rejalashtirilgan muddat ichida, ikki hafta ichida yaxshilanishga erishmasak, unda yanada qat’iy choralar ko‘rish muqarrar bo‘ladi", deb ta’kidlagan Erdo‘g‘an.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 4,03 mlnga yetgan. 34 734 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi