Turkiyada qisman komendantlik soati joriy qilindi
Olam
−
17 noyabr 2020
5945Turkiyada koronavirus infeksiyasi bilan kurash doirasida dam olish kunlari komendantlik soati joriy qilinadi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 17 noyabr kuni ma’lum qildi.
“Biz yangi choralar qabul qilishga qaror qildik, dam olish kunlari soat 10:00-20:00 dan boshqa vaqtda komendantlik soati joriy qilinadi”, degan Turkiya yetakchisi Anqaradagi matbuot anjumanida.
Bundan tashqari, respublika Hukumati yil oxirigacha barcha kinoteatrlarni yopishga qaror qilgan.
Koronavirusga qarshi kurash doirasida restoran va kafelar ham yopildi. Ularga faqatgina yetkazib berish bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi. Maktablar ham yil oxirigacha onlayn shaklga o‘tkazildi. Savdo markazlari, do‘kon va sartaroshxonalar soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat berildi.
LiveBarchasi