Turkiyada isroillik futbolchi qo‘lga olindi

Sport

image

Turkiyaning “Antaliyaspor” futbol klubining isroillik yarim himoyachisi Sagiv Yexezkel “ommaviy adovat va nafrat uyg‘otish”da ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi “Isroil tomonidan G‘azo sektorida amalga oshirilgan qirg‘inni qo‘llab-quvvatlashdagi mas’uliyatsiz harakatlari tufayli” qo‘lga olingan.

14 yanvar kuni Sagiv Yexezkel “Antaliyaspor” - “Trabzonspor” uchrashuvida gol urdi, shundan so‘ng qo‘lidagi “100 kun. 7.10” yozuvi bor bandajni ko‘rsatdi.  

Bu orqali Yexezkel urushga qarshi bo‘lgani uchun ishora qilganini aytdi.

O‘yindan so‘ng “Antaliyaspor” klubi rahbariyati Yexezkelni jamoadan chetlatganini ma’lum qildi va u bilan shartnomasini bekor qildi. 

Qayd etilishicha, klub sportchini Turkiyaning “milliy qadriyatlariga qarshi gapirganlikda” ayblagan.

Holatga Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet Turkiyaning harakatlarini ochiqchasiga qoralab, holatga munosabat bildirdi.

“Bu Turkiya – 2024. Uyat, Turkiya hukumati”, deydi Bennet.

Hozirda Isroil hukumati Yexezkelning ozod etish choralarini ko‘rayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Isroil G'azo Sagiv Exezkel

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing