Turkiyada Isroilga ishlaganlikda gumonlangan 34 kishidan 15 nafari qamaldi
Olam
−
06 yanvar
4514Turkiyada Isroil foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olingan 34 kishidan 15 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlandi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.
Prokurorlar 26 nafar mahbusni Chag‘layan tuman sudiga olib kelib, ularni siyosiy va harbiy josuslik uchun ehtiyot chorasi sifatida hibsga olishni so‘ragan. Sudya ulardan 15 nafarini hibsga olishga qaror chiqargan, qolgan 11 nafari sud nazorati ostida ozod qilingan. Yana 8 kishi deportatsiya qilish uchun migratsiya organlariga topshirilgan.
Joriy yilning 2 yanvar kuni respublikaning sakkiz viloyatida hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi. Turkiya matbuotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar falastinliklar va ularning oila a’zolariga qarshi faoliyatlar uchun ishlatilgan. Ularga berilgan vazifalar qatoriga ma’lumot to‘plash, ob’ektlar va odamlarni kuzatish, suratga va videoga olish, transport vositalariga kuzatuv moslamalarini o‘rnatish, hujumlar, o‘g‘rilik, o‘t qo‘yish, tahdid hamda shantaj qilishlar kiradi.
Shuningdek, vazifalar orasida veb-saytlar yaratish, dezinformatsiyani tarqatish, IP manzillarni yig‘ish, kuzatuv kameralarini buzish va Turkiyada yashovchi xorijiy fuqarolarning ma’lumotlar bazasini to‘plash ham bor edi.
Telekanalning xabar berishicha, turk xavfsizlik kuchlari 2021 yildan buyon Isroil razvedka xizmatlari agentlari va yollanma askarlariga qarshi kurashib keladi.
Yuqorida qayd etilganidek, 2 yanvar kuni Turkiyaning sakkiz viloyatida hibsga olishlar bo‘lib o‘tgandi. Qo‘lga olinganlardan 143 ming yevro va 23 ming dollardan ortiq pul, to‘pponcha, o‘q-dorilar va noqonuniy faoliyatni tasdiqlovchi ba’zi kompyuter fayllari topilgan.
Shundan so‘ng Turkiya Isroilni respublika hududidagi josuslik faoliyatining og‘ir oqibatlari haqida ogohlantirib chiqdi.
LiveBarchasi