Turkiyada “Isroil yolg‘onlari” media platformasi ochiladi
Olam
−
30 Oktabr
2559Turkiyada “Isroil yolg‘onlari” platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun ma’lum qildi.
Turkiyaning sistematik zulm tizimiga ilk daqiqalardanoq qarshi chiqqanini ta’kidlagan Altun, “Isroil yolg‘onlari” platformasi haqiqat va adolatga xizmat qilishini aytdi.
“Isroil G‘azodagi genotsidni butun Yaqin Sharqqa yoyishga harakat qilmoqda. Qolaversa, u ko‘plab feyk ma’lumotlar ham tarqatmoqda”, degan u.
Altun Isroilning mintaqada insoniy va axloqiy chegara bilmaydigan shafqatsizligi, hozirgi xalqaro taranglikni yanada kuchaytirish xavfi borligini ta’kidladi. Qolaversa, Turkiya Isroilni to‘xtatishi uchun qo‘lidan kelgan ishni qilgani va qilayotganligini ham eslatdi.
“Turkiya Isroilga qarshi turib haqiqat vakili bo‘lishda davom etadi. Dunyo Isroil yolg‘oniga aldanmoqda. Biz dezinformatsiya tarqatish orqali manipulyatsiya qilishlariga jim qarab turolmaymiz. Biz bunday qilmaymiz”, dedi Altun.
Shuningdek, u ushbu platformani yaratishga ko‘maklashayotgan va ishonch bildirganlarga o‘z minnatdorligini bildirib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Turkiya G‘azodagi fojialar sabab Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha jahon sudiga qo‘shilish uchun petitsiya topshirgan. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ko‘ra, Turkiya so‘nggi 10 oy ichida G‘azoda 40 ming begunohning hayotiga zomin bo‘lgan “varvarlik”ga imkon qadar tezroq barham berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqdaligini aytib o‘tgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi