Turkiyada ISHID sobiq rahbarining “o‘ng qo‘li” hibsga olindi 

Olam

image

Turkiya politsiyasi ISHID terrorchilik guruhining sobiq rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘ng qo‘li bo‘lgan jangarini hibsga oldi. Bu haqda "Yeni Safak" gazetasi xabar bergan.  

Operatsiya turk politsiyasi zobitlari va milliy razvedka tashkiloti xodimlari tomonidan Istanbulning Atashehir tumanida amalga oshirilgan. 

Jangari uydan chiqqandan keyin hibsga olingan, bungacha u uzoq vaqt kuzatuv ostida bo‘lgan. 

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hibsga olingan shaxs yashagan kvartirada tintuv o‘tkazgan. Mobil telefonlar, raqamli materiallar va fotosuratlar musodara qilingan. 

Terrorist uch yil oldin soxta hujjatlar bilan Turkiyaga kirib kelgan. U guruhning harbiy infratuzilmasini boshqargan, Suriyaning ko‘plab hujumlarida qatnashgan va jangarilarni o‘qitgan.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Turkiya

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing