Turkiyada inflyatsiya ortidan nonga navbatlar paydo bo‘ldi

Olam

image

Yil oxiriga kelib, Turkiyada inflyatsiyaning kuchayishi ortidan oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ham oshib bormoqda, non uchun navbatlar paydo bo‘lyapti. Birgina Istanbul shahri bo‘ylab 1 500 dan ortiq non rastalarida bir necha o‘nlab kishilarning navbatda turganini kuzatilmoqda. 

“Kunlik yeydigan nondan tortib oziq-ovqat, kiyim-kechakkacha qimmatlashib bormoqda” deydi 71 yoshli pensioner Naizi Toprak “Al-Jazeera” nashriga bergan intervyusida. 

Mahalliy aholiga ko‘ra odamlarning daromadi kundalik mahsulotlarni sotib olishga yetmay qolmoqda.

“Biz yaqinda Istanbulga ko‘chib keldik. Oilada 4 kishimiz, mening 800 lira ($56) pensiyam oilani boqishga yetmaydi. Bundan tashqari har oy 2000 lira ($140) uyimizning ijarasiga ham to‘lashimiz kerak” deb qo‘shimcha qiladi pensiyadan oldin kasbi haydovchilik bo‘lgan Toprak.

Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan buyon turk lirasining dollarga nisbatan qadri 48 foizga pastlagan. Mutaxassislarga ko‘ra, mamlakatda yillik inflyatsiya darajasi 21,3 foizni tashkil qilmoqda. Ammo ba’zilar bu ko‘rsatkich noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlashmoqda. Muxolifatdagi Respublika Xalq Partiyasi lideri Ekrem Imomo‘g‘li bir yil ichida Istanbulda narx-navo 50 foizga oshganini da’vo qilmoqda.

Turkiyada milliy valyutaning dollarga nisbatan keskin qadrsizlanishi oqibatida mamlakatning yirik shaharlari Anqara va Istanbulda hukumat istefosini talab qilib xalq norozilik namoyishlari o‘tkazgandi. Namoshiylar ortidan Istanbul politsiyasi 40 dan ortiq kishini hibsga olgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing