Turkiyada futbolchi va muxlislar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)
Sport
−
18 mart
11005Turkiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Trabzonspor” va “Fenerbaxche” o‘rtasidagi uchrashuv yakunlangach, “Trabzon” muxlislari va “Fenerbaxche” futbolchilari ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘ldi.
Bahs 17 mart kuni Trabzonda bo‘lib o‘tdi va 3:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. Istanbul jamoasi futbolchilari o‘z g‘alabasini nishonlayotgan vaqtda muxlislar maydonga tushib, futbolchilarga hujum qildi va shu tariqa ommaviy mushtlashuv boshlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Fenerbaxche”ning bir necha futbolchisi mushtlashuvda ishtirok etgan. Jumladan, yarim himoyachi Brayt Osayi‑Semyuel tomoshabinning yuziga musht tushirgan.
Qayd etilishicha, xavfsizlik xodimlari mushtlashuvni to‘xtatgan. Hozircha jabrlanganlar soni ma’lum emas.
LiveBarchasi