Turkiyada fohishalikka majburlangan o‘zbek ayollar ushlandi. Ular o‘ldirish bilan qo‘rqitilgan

Olam

image

Turkiya Respublikasining Konya viloyati politsiyasi tezkor guruhi xodimlari 2,5 oylik kuzatuvlar ortidan xorijlik ayollar orqali intim xizmatlar taklif qilish bilan shug‘ullangan 5 kishinini qo‘lga olgan. Bu haqda “Hürriyet” nashri xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, aniqlangan manzillarda 2 to‘pponcha va narkotik moddalari ham topilgan. Tezkor tadbir davomida 4 nafar turk fuqarosi va 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.I. qo‘lga olingan. Fohishalik qilishga majburlangan ayollar orasida bir nafar turk va 11 nafar o‘zbek ayoli bor.

Qayd etilishicha, politsiyada ko‘rsatma bergan ayollar guruh a’zolari ularni o‘ldirish bilan qo‘rqitganini ta’kidlagan.

Jinoiy guruh a’zosi Sh.I. o‘zbekistonlik ayollarga ish topib berishni va’da qilib, ularni o‘ziga qarzdor qilib, pasportlarini olib qo‘yagan va fohishalik qilishga majburlagan.

Ayni paytda o‘zbek ayollarini Vatanga qaytarish uchun Konyadagi Migratsiya bo‘limi tegishli ishlarni amalga oshirayotgani ma’lum qilindi. 5 kishilik jinoiy guruhga nisbatan qator aybovlar qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbulda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 17 nafar o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Fohishalik

Baholaganlar

1655

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing