Turkiyada daydi it o‘layotgan bolasini veterinarga olib bordi (video)
Bu qiziq
−
11:04
10838Joriy yilning 15 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida daydi it o‘layotgan bolasini veterinarga olib keldi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, daydi ona it o‘layotgan kuchukchasini og‘zida Beylikdyuzyu tumanida joylashgan veterinariya klinikasi eshigi oldida qoldirgan. Veterinariya mutaxassisi kuchukchani olib, uni davolagan. Kuchukcha og‘ir ahvolda bo‘lgan, yurak urishi sekinlashgan. Kuchukcha klinikada reanimatsiyaga yotqizilgan. Ona it esa muolajalar vaqtida kuchukchasining yonidan bir qadam ham nari ketmagan.
Klinika egasi veterinar Batuaalp Oganning aytishicha, it yaqinda bolalarini dunyoga keltirgan, ammo, afsuski, ularning aksariyati tirik qolmagan.
“Hamma bolalari nobud bo‘lgan deb o‘ylagandik. Lekin bir kuchukcha tirik qolgan ekan. Uni volontyorlar keyinroq olib kelishdi. Ona it esa oxirgi qolgan bolasini klinikamizga olib kelgandi va shundan so‘ng shifokor darhol davolashni boshladi. Kuchuk bolasining yuragi hali ham urayotganini aniqladik va uni intensiv terapiyaga yotqizdik. Hozirda u ukasi bilan birga davolanmoqda. Xayriyat, uning ahvoli yaxshilanmoqda va u onasining yonida”, deydi veterinar.
Ona itning bolasini klinikaga olib kelgan lahzalari kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar