Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish bostirilganining 5 yilligi nishonlanmoqda

Olam

image

Turkiyada harbiylar tomonidan davlatga qarshi amalga oshirilgan to‘ntarishning bostirilgani – “Milliy yakdillik va demokratiya” kuni nishonlanmoqda. Poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tayotgan xotira tadbirlarida, jumladan Parlamentda o‘tayotgan marosimda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham qatnashmoqda. 

Prezidentning ta’kidlashicha, “davlat to‘ntarishiga urinishning oldini olish paytida namoyish etilgan qahramonlik eposi butun turk xalqi uchun faxrdir”. 

Davlat rahbari besh yil oldingi voqealarni “yaxshilikning yovuzlik ustidan, adolatning qonunsizlik ustidan g‘alabasi”, deb atadi. 

“O‘sha paytda turk xalqi olib borgan kurashning ahamiyatini hech kim kamsitishga haqli emas”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik guruhiga qarshi kurashda jonini qurbon qilgan qahramonlar xalqning yolg‘on, shafqatsizlik va qonunsizlikka qarshi kurashining boshida turishgan. 

“15 iyul voqealari butun xalqning g‘alabasi, milliy o‘ziga xoslik va demokratiyaning tantanasidir", deydi Turkiya rahbari. 

Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilning 15 iyul kuni Turkiyada davlatga qarshi to‘ntarishga urinish amalga oshirildi. Unda mamlakat xavfsizlik kuchlari, ichki ishlar, prokuratura, Milliy xavfsilik xizmati, Kurolli kuchlar, mudofaa tizimlariga o‘rnashib olgan kimsalar Erdo‘g‘an boshchiligidagi Hukumatga qarshi to‘ntarishni amalga oshirib, Prezidentni hokimiyatdan ag‘darishni maqsad qilgan edi. To‘ntarishga urinishlar xalqning ko‘chalarga chiqib, mamlakat demokratiyasini himoya qilishi bilan bostirildi. Oqibatda 251 nafar begunoh insonlar qurbon bo‘ldi. 

Ushbu davlat to‘ntarishiga harakat ayni damda AQSHning Pensilvaniya shtatida istiqomat qilib kelayotgan Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik guruhi va uning davlatdagi korchalonlari orqali amalga oshirilgani ma’lum qilindi. Turkiya Hukumati to‘ntarishga urinishdan so‘ng Fathulloh Gulen va u boshchiligidagi tashkilotga qarshi murosasiz kurashni boshladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing