Turkiya chempionatidagi mushtlashuv bo‘yicha tergov boshlandi
Sport
−
18 Mart 2024 5838 1 daqiqa
Avvalroq, Turkiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Trabzonspor” va “Fenerbaxche” o‘rtasidagi uchrashuv yakunlangach, “Trabzon” muxlislari va “Fenerbaxche” futbolchilari ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Hodisa hozirda Turkiya OAVda bu voqeadan norozi bo‘lgan mutaxassislar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Voqea yuzasidan tergov boshlangan, maydonga bostirib kirgan muxlislarning shaxsi aniqlanmoqda. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
“Futbol maydonida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deydi vazir.
Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) esa voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tez orada aybdorlar topilib, jazolanadi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr