Turkiyada bitkoindan foydalanish taqiqlandi 

Olam

image

Turkiya Markaziy banki shu oy oxiridan boshlab to‘lovlar uchun bitkoindan foydalanishni taqiqladi. Shundan so‘ng, kriptovalyuta arzonlasha boshladi, deb xabar bermoqda "MarketWatch". 

Markaziy bank ushbu harakatga bir nechta sabablarni keltirgan, jumladan kripto-aktivlar uchun "nazorat mexanizmlari"ning yo‘qligi. 

Xabarda, shuningdek, kriptovalyutalar kursi haddan tashqari o‘zgaruvchanligi va kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lishiga qaramay, raqamli hamyonlarni o‘g‘irlash yoki noqonuniy foydalanish mumkinligi aytilgan. 

Bankning ta’kidlashicha, ushbu qaror kripto-aktivlardan to‘lovlar uchun ko‘proq foydalanish fonida qabul qilingan. 

Hafta boshida bitkoin narxi rekordni yangilab, 64 ming dollarlik ko‘rsatkichdan oshib ketgandi.  

Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

bitkoin

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing