Turkiyada al-Xorazmiy sharafiga yodgorlik o‘rnatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 3 mart kuni Turkiya poytaxti Anqarada alloma Muhammad al-Xorazmiy sharafiga o‘rnatilgan yodgorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yodgorlikning o‘rnatilishi “Xiva – turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” xalqaro dasturi doirasida amalga oshirilgan.

Xabarga ko‘ra, ochilish marosimida Turkiyaga amaliy tashrif bilan kelgan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov ham ishtirok etgan.

Mazkur haykal Anqara shahrining Kechio‘ren tumanidagi mashhur bog‘lardan biri – “Jo‘ka vodiysi” (“Ihlamur Vadisi”) hududida o‘rnatilgan. 

Yodgorlikning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng, o‘zbek milliy kiyimlari ko‘rgazmasi va “Mendirman Jaloliddin” filmining namoyishi bo‘lib o‘tgan.

Muhammad Muso al-Xorazmiy algebra asoschisi. Buyuk matematikning arifmetikaga oid hind raqamlariga asoslangan risolasi hisoblashning o‘nlik tizimiga va ushbu tizimdagi amallarning xalqaro miqyosda tarqalishiga olib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya al-Xorazmiy yodgorlik

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing