Turkiyada AQSH konsulligi xodimi qo‘lga olindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada AQSH fuqarosi, Amerikaning Bayrutdagi konsulligi xodimi Germaniyaga uchib ketish uchun Suriya fuqarosiga pasportini sotib yuborganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Istanbul xavfsizlik boshqarmasi xabar bergan.  

“11 noyabr kuni Istanbul aeroportida pasport nazorati o‘tkazilganda Suriya fuqarosi R.S. boshqa shaxsning pasportini ko‘rsatib, Germaniyaga uchib ketmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Tekshiruv pasport Bayrutdagi Amerika konsulligi xodimi, AQSH fuqarosi D.J.K. ga tegishli ekanini ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, erkaklar Istanbul aeroportida uchrashib, bir-birlarining kiyimlarini almashtirgan, shundan so‘ng Amerika diplomatik missiyasi xodimi o‘z pasportini suriyalikga 10 ming dollarga topshirgan. Tintuv chog‘ida pul solingan konvert topilgan. 

Har ikki gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Keyinchalik sud AQSH fuqarosini hibsga olgan, suriyalik esa ketmaslik to‘g‘risida tilxat olib qo‘yib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Turkiya pasport

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing