Turkiyada aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi
Olam
−
14 yanvar 2021
3593Turkiyada aholini koronavirusga qarshi emlashning birinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda mahalliy televideniyega asoslanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu bosqichda 65 yoshdan kattalar emlanadi.
Bugun, 14 yanvar kuni erta tongda muzlatilgan transport vositalari politsiya hamrohligida shifoxonalarga vaksinalarni olib kelgan.
Avvalroq, Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja tibbiyot xodimlarini koronavirusga qarshi emlash 14 yanvarda boshlanishini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, rasmiylar Xitoyning Sinovac kompaniyasi bilan 50 million dozali vaksina uchun shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 2,36 mlndan oshgan. 2,23 mln kishi sog‘aygan va 23 ming 325 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi