Turkiyada 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
11 avgust 2025 9281 1 daqiqa
Kecha, 10 avgust kuni soat 19:55 da Turkiya shimoli-g‘arbida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sondakika” xabar berdi.
Zilzila Balikesir viloyatining Sindirgi tumanida qayd etilgan. Zilzila epimarkazi 11 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila oqibatida Sindirgida bir bino qulab tushdi. Turkiya Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD) qulagan bino ostidan to‘rt kishi olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.
Balikesirdagi 6,1 magnitudali zilziladan so‘ng, epimarkazi Sindirgi tumanida bo‘lgan uchta zilzila qayd etilgan: 4,6, 4,1 va 4,0.
Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoyaning ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 29 kishi jarohatlangan. 16 ta bino qulab tushgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025