Turkiyada 5 oydan so‘ng COVID-19ga chalinish bo‘yicha antirekord o‘rnatildi
Olam
−
09 noyabr 2020 8316 1 daqiqa
Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq holatlar ortib bormoqda. Kecha, 8 noyabr kuni mamlakatda aprel oyidan beri kuzatilmagan antirekord qayd etildi. Bu haqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja o‘zining Twitter sahifasida xabar bergan.
Vazirga ko‘ra, kecha, 8 noyabr kuni 2 ming 516 kishida koronavirus aniqlangan. Vafot etganlar soni yana 84 taga ortib, jami 10 ming 887 nafarga yetgan.
Xo‘janing aniqlik kiritishicha, bir kunda 2 ming 18 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Mamlakatda 2 ming 740 nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirusga chalinish holatlari ortayotgani sababli, 4 noyabrdan boshlab karantin choralari yana kuchaytirilgandi.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 50 milliondan oshgan. 1,2 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28