Turkiyada 3 podshoh va 12 prezidentni ko‘rgan onaxon vafot etdi

Olam

image

Kecha, 22 sentyabr kuni Turkiyada 3 podshoh va 12 prezidentni ko‘rgan mamlakatning eng keksa fuqarosi Oysha Bayri vafot etdi. Bu haqda “Medya gazete” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Amasya viloyatining Suluova tumanida yashagan 127 yoshli Oysha Bayrining 5 farzandi va 20 nabirasi bo‘lgan. U 1898 yil 1 iyulda tug‘ilgan. Onaxon nafas qisishi va organ yetishmovchiligi sababli bir muddat shifoxonada davolanib yotgan.

“U Usmonlilar imperiyasining so‘nggi uch podshohi – Abdulhamid II, Mehmed Rashod V va Mehmed Vahdeddin VI hamda Mustafo Kamol Otaturkdan tortib, Rajab Toyib Erdo‘g‘angacha bo‘lgan 12 nafar prezident davriga guvoh bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

“Hoji Mustafo” masjidida o‘qilgan janoza namozidan so‘ng u tuman qabristoniga dafn qilingan. Janoza marosimida qatnashgan Suluova hokimi Rifat Uzun o‘tgan yili bayramda Oysha Bayrining uyiga tashrif buyurganini eslagan.

“Oysha onamiz yurtimizning, mintaqamizning eng keksasi edi. Allohdan rahmat, oilasiga esa sabr tilayman”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani Adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan da’vo ariza qanoatlantirilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining Buvayda tumani “Qoraqum” MFYda o‘tkazgan sayyor sud majlisida Umarova (Toshmatova) Huvaydoning 1895 yil 1 yanvarda Buvayda tumanida tug‘ilganlik fakti belgilangandi. Shu tariqa u O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ inson bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Oysha Bayri Amas'ya Suluova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar