Turkiyada 29 futbolchi va ikki klub prezidenti hibsga olindi

Sport

image

Istanbul prokuraturasi o‘yinlarga pul tikish mojarosi sababli 46 kishining hibsga olinganini tasdiqladi. Shu tergov doirasida 27 nafar futbolchi o‘z jamoalarining o‘yinlariga pul tikishda gumon qilinmoqda va yana ikki klub prezidenti ham shu sabab hibsga olingan. Bu haqda “Hurriyet daily news” xabar berdi.  

Diqqatga sazovor ismlardan biri Turkiyaning uch karra amaldagi chempioni “Galatasaroy”ning yulduz futbolchisi Metehan Baltachi. Qolgan 26 futbolchi haqidagi ma’lumotlar hozircha sir saqlanmoqda. Shuningdek, Istanbulning yana bir klubi “Fenerbahche” futbolchisi Mert Hakan Yandash uchinchi shaxslar orqali turli o‘yinlarga pul tikishda gumon qilinmoqda.

Bu ishda faqat futbolchilar emas, balki ikki klub prezidentini ham hibsga olingan. Rasmiylar ularni 2023-2024 yilgi mavsumda uchinchi divizion o‘yinni tuzatishga urinishda ayblamoqda. Hozirgacha 46 gumonlanuvchidan 35 nafari hibsga olingan. 

Noyabr oyidayoq 6 nafar hakam va birinchi divizion “Eyupspor” klubi prezidenti hibsga olingan edi. Shuningdek, Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) yaqinda 150 ga yaqin hakamni o‘yinlarga pul tikish bilan bog‘liq faoliyatlari uchun chetlatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TFF mamlakatda davom etayotgan pul tikish bo‘yicha tergov doirasida gumonlanayotgan “Galatasaroy” himoyachisi Eren Elmalini milliy terma jamoa tarkibidan chiqarib tashlaganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing