Turkiyada 200 dollardan ortiq xaridlarni naqd pulda to‘lash taqiqlanishi mumkin

Olam

image

Turkiya Soliq boshqarmasi soliq qonunchiligiga 7 000 turk lirasidan ortiq (taxminan 200 dollar) qiymatdagi tovar va xizmatlarni naqd pulga sotib olishni taqiqlovchi tuzatishlar kiritishni taklif qildi. Bu haqda “Dunya” xabar berdi.

Agar ushbu nizom qabul qilinsa, jismoniy shaxslar va kompaniyalar mazkur chegaradan yuqori xaridlar uchun to‘lovlarni naqd pulsiz – kartalar, pul o‘tkazmalari yoki rasmiy vositachilar orqali amalga oshirishlari talab qilinadi. Ushbu cheklovni buzganlik uchun xaridorlar o‘z xaridining 10% miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

“Qonunbuzar kamida 5 ming lira (146 dollar) yoki xarid summasining 10 foizini to‘lashi kerak bo‘ladi. Ammo, iste’molchi soliq xizmatini 5 kun ichida xabardor qilsa, jarima hisoblanmaydi”, deyiladi xabarda.

Rasmiylarga ko‘ra, organlar tomonidan nazorat qilinmaydigan yashirin operatsiyalarning yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan. Naqd pul to‘lovlarini cheklash esa moliyaviy munosabatlarning shaffofligini oshiradi va soliq yig‘ishni optimallashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan bozor ishtirokchilari mamlakatda 2024 yil oxirigacha inflyatsiyaning 43,52% bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya naqd pul turk lirasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing