Turkiyada 110 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi (video)
Olam
−
10:20 3673 1 daqiqa
Joriy yilning 29 may kuni Turkiyaning Marmaris shahri yaqinida 110 nafar yo‘lovchi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda IHA xabar berdi.
Nashrning yozishicha, favqulodda hodisa Jannat oroli yaqinidagi akvatoriyada yuz bergan. Kemaga suv kirayotganini sezib qolgan kapitan uni qirg‘oq chizig‘igacha boshqarib borishga uringan, biroq qayiq juda tez suvga to‘la boshlagan. Shu sababli kema ekipaji odamlarni yaqin atrofdagi boshqa ekskursiya katerlariga zudlik bilan evakuatsiya qilgan.
“Qutqaruv ishlariga qirg‘oq xavfsizligi bo‘linmalari ham qo‘shildi. Bortda bo‘lgan barcha yo‘lovchilar tezkorlik bilan evakuatsiya qilindi. Oradan ko‘p o‘tmay, kema butunlay cho‘kib ketdi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi”, deb yozadi nashr.
Kema halokati fakti bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh hududidan muhojirlar bilan birga yo‘lga chiqqan kema Andaman dengizida cho‘kib ketgandi. Voqea oqibatida 250 dan ortiq muhojirlar bedarak yo‘qolgan.
Live
Barchasi