Turkiyada 100 kun o‘tib masjidlarda bomdod namozi o‘qildi

Olam

image

Turkiyada masjidlar namozxonlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Bugun, 24 iyun kuni mamlakatda karantindagi keyingi ilk bomdod namozi o‘qildi. 

Mamlakatda joriy yilning 16 martidan barcha masjidlar yopilgan edi. Oradan 74 kun o‘tib, joriy yilning 29 maydan peshin, asr va juma namozlarini jamoat bilan masjidda o‘qishga ruxsat berildi. 

24 iyundan e’tiboran esa masjidlarda bobdod, shom va xufton namozlarini ham o‘qish mumkinligi, biroq bunda niqob taqish, ozodalikka va ijtimoif masofaga rioya qilish zarurligi masjid imom-noiblari tomonidan ovoz kuchaytirgichlar orqali e’lon qilindi. 

Umumiy hisobda olib qaralsa, Turkiyadagi masjidlar 100 kundan keyin jamoat uchun to‘liq ochildi. 

Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakat masjidlari ochilgani bilan tahoratxonalar hamon yopiq. Namozxonlarga tahoratni uyda qilish buyurilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq 190 165 ta holat qayd etilgan. Bemorlarning 5001 nafari vafot etgan, 162 848 nafari sog‘aygan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya masjid

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing