Turkiyada harbiy o‘quv samolyoti qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Turkiya harbiy-havo kuchlarining SF-260D o‘quv samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Halokat samolyot Turkiyaning markaziy qismidagi Kayseri shahridagi aviabazadan o‘quv parvozini amalga oshirgandan so‘ng sodir bo‘lgan. Samolyot halokati sabablari hozircha noma’lum, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi.

 Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz o‘quv samolyoti uchuvchilari halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Kayseri prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boshlaganini ma’lum qildi.

 SF-260D italyan yengil samolyoti bo‘lib, o‘quv parvozlari uchun mo‘ljallangan. Uning ishlab chiqarilishi 1960 yillarda boshlangan va 2017 yilgacha davom etgan. SF-260D Turkiyada litsenziya asosida yig‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi Albukerke Sanport xalqaro aeroporti yaqinida F-35 harbiy samolyoti halokatga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Mudofaa vazirligi harbiy o'quv samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing