Turkiyada hakamni urgan prezident futboldan umrbod chetlatildi
Sport
−
15 dekabr 2023
6834Futbol bo‘yicha Turkiya Superligasi doirasidagi “Anqaraguju”-“Rizespor” o‘yinidan so‘ng hakam Halil Melerga qilingan shafqatsiz hujumdan so‘ng, “Anqaraguju” prezidenti Faruk Koja Turkiya futbol assotsiatsiyasi tomonidan umrbod diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda “TRT Haber” ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Kojaga 5 yilga huquqlardan mahrum qilish, jazo muddati 3 yildan ortiqligi tufayli esa huquqlardan doimiy mahrum qilish jazosi berilgan. Yuz bergan holat uchun Anqaraguju klubi 200 ming yevro atrofida jarima to‘lashi kerak va klubning keyingi beshta uy uchrashuviga tomoshabinlar kiritilmaydi.
Qayd etilishicha, klubning boshqa mutasaddilariga jarima va ogohlantirish jazolari qo‘llanilgan. Koja besh yillik taqiq oldi. Assotsiatsiya qoidalariga ko‘ra, uch yildan ortiq o‘yinda qatnashishni taqiqlash doimiy bo‘lib qoladi.
12 dekabr kuni kuni kechqurun Koja iste’foga chiqdi.
Voqea tufayli liganing barcha o‘yinlari 19 dekabrga qadar to‘xtatiladi. Bu voqea Turkiyadan tashqarida ham norozilik uyg‘otdi. Sobiq italiyalik mashhur hakam Perluidji Kollina va FIFA prezidenti Janni Infantino holatni keskin qoraladi.
LiveBarchasi