Turkiya jangovar dron tashuvchi kemani foydalanishga topshirdi (foto)

Olam

image

Turkiya “Anadolu” jangovar dronlari uchun dunyodagi birinchi samolyot tashuvchi kemasini foydalanishga topshirdi. Bugun, 10 aprel kuni Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchuvchisiz samolyot tashuvchi kemani qurolli kuchlarga topshirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyati Twitter'da xabar berdi.

Kemada ko‘p qirrali qo‘nish maydonchasi bo‘lib, u yengil samolyotlarni tashish vazifasini bajaradi. Kemaga 10 ta vertolyot va 11 ta dronni joylashtirsa bo‘ladi, angar esa 19 ta vertolyot va 30 ta dronni sig‘dira oladi.

“Baykar Makina”ning “Bayraktar TB3” va “Kızılelma” dronlari, shuningdek, AH-1W Super Cobra jangovar vertolyotlari allaqachon kemaga joylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, “Anadolu” dronlari 2019 yilda ishga tushirilgan va uning qabul sinovlari 2022 yilning yozida yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya vertolyot dron Anadolu samolyot tashuvchi kemasi Bayraktar TB3 Kızılelma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made