Turkiya yana bir davlat bilan vizasiz rejimga o‘tdi
Olam
−
06 Sentabr 2022
10406Turkiya Bosniya va Gersegovina bilan viza tartibini soddalashtirdi. Ikki davlat fuqarolari shaxsiy guvohnomalar asosida o‘zaro sayohat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 6 avgust kuni Sarayevoda Bosniya va Gersegovina raisligi a’zolari bilan birgalikda matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklariga tegishli topshiriqlar berilgan.
Qayd etilishicha, xuddi shunday kelishuv 7 sentyabr kuni Serbiya bilan ham tuzilishi rejalashtirilgan.
Turkiya rahbari Anqara Bosniya va Gersegovina taraqqiyotiga hissa qo‘shishda davom etishiga ishontirdi.
Prezident Anqara va Sarayevo o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri o‘zaro savdoni rivojlantirish ekanligini, uning hajmi 2021 yilda 876 million dollarga yetganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an, 2 oktyabrga belgilangan saylovlarning Bolqon o‘lkasining kelajagi uchun alohida ahamiyatga ega ekanligiga diqqat qaratdi.
U yunon tomonining provokatsiyalari bilan bog‘liq mintaqadagi keskinlik haqidagi savolga ham javob berdi.
“Gretsiya orollarda harbiy bazalarini joylashtirdi. Turkiyaga qarshi tahdidlar davom etsa, Anqaraning sabr-toqati tugashi mumkin. Mening so‘zlarim (Gretsiya uchun ogohlantirish) qandaydir xayoliy bayonot emas. Turkiyaning javobi istalgan vaqtda, istalgan kechada bo‘lishi mumkin”, deydi Turkiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 3 sentyabr kuni Turkmaniston hukumati Turkiyaga “Turkmaniston fuqarolari uchun turli toifadagi vizalar rejimini vaqtinchalik joriy etish iltimosi bilan” murojaat qildi. Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, vizalar “Turkmaniston fuqarolarining bo‘lish qoidalarini tizimli asosda takomillashtirish va saqlash maqsadida” joriy etilishi kerak. Ushbu qarorning sabablari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
LiveBarchasi