Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralariga o‘zgartirishlar kiritiladi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Xalq so’zi nashri xabar bermoqda.

18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida mazkur masala o‘rtaga tashlangan va u 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingan.

Yalpi majlisda Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani ­chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Karmana tumanidagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan – 1 071,44 gektar, “Varq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan – 26,14 gektar yer maydonlari Navoiy shahri tarkibiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Karmana tumani Oliy Majlis Navoiy shahri

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing