Turkiya vitse-prezidentligiga nomzod Imomo‘g‘li toshbo‘ron qilindi

Olam

image

Kecha, 7 may kuni Turkiyaning Erzurum shahrida noma’lum shaxslarning muxolifat mitingiga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 9 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘liga noma’lum shaxslar tomonidan tosh otilgan. Shuningdek, hujum oqibatida partiya avtobusiga zarar yetgan.

Imomo‘g‘li voqea uchun Erzurum aholisini mas’ul deb hisoblamasligini, biroq harakatsizlik va hujumning oldini olmagani uchun shahar va shu nomdagi viloyat hokimini sudga bermoqchi ekanini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, u shifoxonaga jabrlanganlarni ko‘rishga borishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ekrem Imomo'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing