Turkiya va Qatar “Tolibon” bilan Qobul aeroportini boshqarish bo‘yicha kelishib oldi 

Olam

image

Turkiya va Qatar “Tolibon” ma’muriyati bilan Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi xalqaro aeroport va mamlakatdagi yana to‘rtta havo portini boshqarish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bergan.  

Qayd etilishicha, aeroport faoliyati bo‘yicha “samarali muzokaralar” chog‘ida tomonlar yaqin kunlarda tafsilotlarni ishlab chiqish va texnik qo‘mitalar darajasida maslahatlashuvlarni davom ettirish uchun umumiy texnik guruhlarni yaratish bo‘yicha konsensusga erishgan. 

Ta’kidlanishicha, turk-qatar delegatsiyasi Qobuldan Dohaga jo‘nab ketadi va u yerda hamkorlikda ishlashni davom ettiradi. 

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati joriy yilning avgust oyida Turkiyaga Qobul aeroportining fuqarolik boshqaruvida ishtirok etishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkiya Qatar

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing