Turkiya o‘z ta’sir doirasini Qrim tomon kengaytirishi mumkin

Olam

image

Turkiyaning TRT1 davlat telekanali Amerikaning Stratfor kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Anqaraning ta’sir doiralarini kengaytirish prognozini efirga uzatdi.

Bundan kelib chiqadiki, 2050 yilga kelib Turkiya ta’sir doirasini birdaniga bir necha yo‘nalishda kengaytiradi. Tahlilchilarning fikricha, Anqara Rossiyaning janubiy mintaqalarida, xususan Qrim, Kuban, Qalmog‘iston, Astraxan viloyati va Shimoliy Kavkaz Respublikalarida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlay oladi.

Turkiyaliklar Anqaraning ta’sir doirasi Rossiyaning bir qator mintaqalari, jumladan, Qrim va Kubanga kengaygani aks etgan xaritani yuqori baholadi.

Masalan, ba’zi turkiyaliklar xarita va amerikalik tahlilchilarning g‘oyasini yoqtirishlarini aytgan. Boshqalar xarita ularga ma’qul kelmaganini ta’kidlagan, chunki ularning fikriga ko‘ra, Turkiyaning ta’sir zonasi ikki baravar katta bo‘ladi.

Bir qator ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xaritani AQSHning provokatsiyasi deb hisoblagan.

“Maqsad aniq. AQSH Rossiyani Turkiyaga qarshi qaratmoqchi. Bu aniq”, deb yozgan turkiyaliklardan biri.

Avvalroq Qrim parlamentining Xalq diplomatiyasi va millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Yuriy Gempel Turkiyaning Rossiyaning janubiy viloyatlari yo‘nalishidagi ta’sirini kengaytirish “ilmiy fantastika janridan parchaga o‘xshash bema’ni orzu” ekanini aytgan edi. U yarimorol Rossiyaning qonuniy qismi ekanini eslatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing