Turkiya o‘g‘irlangan donlarni sotib olgan – Ukraina elchisi

Olam

image

Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar Rossiya tomonidan o‘g‘irlangan Ukraina donini sotib olgan davlatlar qatorida Turkiyani ham tilga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Elchiga ko‘ra, u Turkiya hududiy suvlari orqali o‘tayotgan don yuklariga kimlar aloqadorligini tekshirishda yordam so‘rab, Turkiya hukumati va Interpolga murojaat qilgan. 

Ma’lumot uchun, Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun xavfsiz yo‘lakning ishlashini ta’minlaydigan yo‘l xaritasi – Istanbul rejasini tayyorlagan.

Istanbuldagi muvofiqlashtirish markazining ishga tushirilishi Ukraina portlaridan jahon bozorlariga 20 million tonna donni eksport qilish imkonini berishi aytilgan.

Yaqin kunlarda Istanbulda barcha manfaatdor tomonlarning “Yo‘l xaritasi” tafsilotlarini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda. To‘rt tomonlama formatda yo‘nalish, sug‘urta, kema xavfsizligi, portni minalardan tozalash, shuningdek, Qo‘mondonlik markazi tarkibi kabi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

597

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing