Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Sport
−
09:29 379 1 daqiqa
Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) italiyalik mutaxassis Vinchenso Montella bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichidagi to‘rtta uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchragan.
52 yoshli Montella 2023 yilda Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning rahbarligida jamoa 2024 yilgi Yevropa chempionatining chorak finaliga qadar yetib bordi va 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Biroq terma jamoa pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
Montella faoliyati davomida Turkiyaning “Adana Demirspor”, Ispaniyaning “Sevilya”, shuningdek, Italiyaning “Fiorentina”, “Milan”, “Sampdoriya”, “Kataniya” va “Roma” klublarini boshqargan.
Ma’lumot uchun, Vinchenso Montella futbolchilik faoliyati davomida 2000-2001 yilgi mavsumda “Roma” bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Italiya terma jamoasi safida 2000 yilgi Yevropa chempionatida kumush medal sohibi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolar tufayli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgandi.
Live
Barchasi