Turkiya Tehronda Xoniyaning o‘ldirilishini qoraladi

Olam

image

Turkiya Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilganini keskin qoraladi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Biz Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning qabih o‘ldirilishini qoralaymiz. Xoniya kabi yuz minglab shahidlarni vatanida, davlatida tinch-totuv yashashi uchun qurbon qilgan Falastin xalqiga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi bayonotda.

Turkiya TIVga ko‘ra, Binyamin Netanyaxu hukumati tinchlikka erishmoqchi emasligi yana bir bor ma’lum bo‘lgan. Hujum, shuningdek, G‘azodagi urushni mintaqaga yoyishni maqsad qilgan.

“Agar xalqaro hamjamiyat Isroilni to‘xtatish uchun harakat qilmasa, mintaqamiz ancha jiddiy mojarolarga duch keladi”, deyiladi hujjatda.

Bildirilishicha, Turkiya Falastin xalqining adolatli ishini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Eslatib etamiz, bugun, 31 iyul kuni ertalab Eronda Xoniyaning o‘limi haqida xabar berilgan edi. Eronning saylangan Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etganidan so‘ng Xoniyaning Tehrondagi qarorgohiga uyushtirilgan hujumda u va uning tansoqchilaridan biri halok bo‘ldi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya HAMAS Ismoil Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing