Turkiya Suriyani qo‘llab-quvvatlashga tayyor – Xoqon Fidan
Olam
−
09 dekabr
4010Turkiya o‘tish davrida Suriyani qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Anqarada respublikaning xorijdagi elchilarining konferensiyasi ochilishida ma’lum qildi.
“Suriyada yangi davr boshlandi. Endi biz kelajakka e’tibor qaratishimiz va orqaga qaramasligimiz kerak. Yangi davrda biz boshqaruvda inklyuziv yondashuvdan foydalangan holda, turli etnik va diniy guruhlar tinch-totuv yashayotgan Suriyani ko‘rishni istaymiz. Biz qo‘shnilari bilan yaxshi munosabatlarga ega bo‘lgan va mintaqamizga tinchlik va barqarorlik qo‘shadigan yangi Suriyani ko‘rishni xohlaymiz”, degan u.
Shuningdek, vazir Bashar Asad rejimini Suriyaning o‘zi ham xushlamaganini, prezident xalq bilan muloqot qilishga intilmaganini ta’kidlab o‘tgan.
Qolaversa, Turkiya tomoni suriyaliklarning xavfsiz va ixtiyoriy ravishda qaytishi va mamlakatning qayta tiklanishi uchun qo‘ldan kelgan yordamini ayamasligini ham eslatgan.
“Suriyalik birodarlariga qiyin kunlarida yordam bergan Turkiya, ochilgan yangi sahifada ham ular bilan birga bo‘ladi”, degan vazir.
Vazir nutqi davomida Turkiya doim suriyaliklarning yonida bo‘lganini, boshqalar esa ularni tashlab ketganini eslatib, “Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuchli irodasi umidini yo‘qotgan suriyaliklar uchun umid chirog‘i bo‘lishda davom etayotgani”ni ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 dekabr kuni Dohadagi matbuot anjumanida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Anqara Suriyaning milliy birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga katta ahamiyat berishini aytgan va Asad rejimi ag‘darilgach, mamlakatini tark etishga majbur bo‘lgan millionlab suriyaliklar endi o‘z yurtlariga qaytishlari mumkinligini qo‘shimcha qilgandi.
LiveBarchasi