Turkiya Suriyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda – TIV

Olam

image

Turkiya qo‘shni Suriyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va uning hududiy yaxlitligini saqlab qolish tarafdori. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Onju Kecheli ma’lum qildi.

“Idlib va unga tutash hududlarda, ya’ni bizning chegaramizning nol nuqtasida tinchlikni saqlash Turkiya uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. 2017 yildan beri Idlibdagi deskalatsiya zonasi bo‘yicha bir nechta kelishuvlarga erishildi. Turkiya ushbu kelishuvlarning barcha talablarini sidqidildan bajarib kelmoqda. Biz xalqaro maydonlarda Idlibga qarshi so‘nggi hujumlar Ostona kelishuvlarining ruhiga va bajarilishiga putur yetkazayotganini, tinch aholi orasida katta talafotlar borligini bir necha bor ogohlantirdik. Bu hujumlar darhol to‘xtatilishi kerakligini ta’kidladik”, deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko‘ra, aslida so‘nggi to‘qnashuvlar mintaqada noxush keskinlikka olib kelgan. Turkiya uchun yangi va yanada chuqur beqarorlikning oldini olish va tinch aholi zarar ko‘rmasligi nihoyatda muhim. Anqara Tel-Rifaat va Manbij hududlarida tinch aholi hamda Turkiyaga qarshi hujumlar sonining oshishini diqqat bilan kuzatmoqda. Shuningdek, ushbu hududlarda terrorchilar ishtirokini to‘xtatish bo‘yicha ilgari erishilgan kelishuvlar hanuzgacha bajarilmagani mamlakatni tashvishga solmoqda. Mamlakat Suriya birligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligi hamda terrorizmga qarshi kurash ustuvorligi doirasida voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Suriya Qurolli kuchlari qo‘mondonligi 27 noyabr kuni ertalab “Hayat Tahrir ash-Sham” radikal guruhi arab respublikasining shimolida “keng ko‘lamli hujum” uyushtirganini bildirgan. Bayonotga ko‘ra, terrorchilar Suriya armiyasi himoyasidagi qishloq va shaharlarga, harbiy ob’ektlarga hujum qilishga uringan va hukumat kuchlari pozitsiyalarini nishonga olishda davom etgan. Keyinchalik “Al Mayadeen” telekanali Suriya armiyasi jangarilar pozitsiyalariga qarshi hujum boshlaganini, Halabdan shimol va g‘arbdagi 20 dan ortiq aholi punktini qayta nazoratga olganini xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning Halab shahrida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining harbiy maslahatchilari qo‘mondoni, general-mayor Kiyamurs Hoshimiy terrorchilar hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing