Turkiya Suriyadagi operatsiya sabab yana bir taqiqqa uchradi

Olam

image

Kanada Turkiyaga vaqtincha qurol sotishni to‘xtatdi. Bunga Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda France Press.

“So‘nggi voqealar tufayli Kanada vazirlik taqdim etgan ro‘yxatga ko‘ra, “nazoratdagi tovarlar” – asosan harbiy uskunalarni Turkiyaga eksport qilishga ruxsat berishni vaqtincha to‘xtatadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya joriy yilning 9 oktyabr kuni Suriya shimolida “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini boshladi. Harbiy amaliyot kurd harbiy tuzilmalariga qaratilgan. Biroq mazkur amaliyot Suriyada yangi qochqinlar oqimini yuzaga keltirdi.

Suriya Hukumati Turkiya hujumlarining beshinchi kunida ularga qarshilik ko‘rsatishga qaror qildi. Suriya qo‘shinlari Halabdan shimolroqdagi Manbijga юборилди.

Bundan tashqari, AQSH Turkiyani o‘z maqsadidan voz kechishga ko‘ndirish uchun unga qarshi sanksiyalar joriy qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya qurol Kanada

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing