Turkiya Sog‘likni saqlash vaziri bir o‘limdan qoldi (video)
Olam
−
16 fevral 2023 18452 1 daqiqa
Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Kojaning ziyorati chog‘ida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Ahaber” telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Faxriddin Koja zilzila bo‘lgan hududdagi jarohatlanganlarning holidan xabar olish uchun ular vaqtinchalik jon saqlayotgan chodirlarga bordi. Ziyoratdan so‘ng chodirlar oldidagi isitish uchun yoqilgan ko‘mir alanga olib, portladi.
Portlash aynan qaysi hududda sodir bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan. Aytilishicha, vazirning sog‘ligi joyida, zarar ko‘rganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja, Hataydagi AFAD markazida o‘tkazgan yig‘ilishida xalq misli ko‘rilmagan falokat bilan kurashayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u umuminsoniy sa’y-harakatlar uchun barcha xalqlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Live
Barchasi